Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Videogalareya

35 YIL — BIRLIK, G‘URUR VA YORQIN KELAJAK!

Bugun ko‘chalarimiz shunchaki chiroqlar bilan emas, Mustaqilligimizning 35 yillik shonli tarixi va bayramona kayfiyati bilan bezandi.
Toshshaharnur DM tomonidan poytaxtimiz ko‘chalariga o‘zgacha fayz bag‘ishlagan yorqin illyuminatsiyalar o‘rnatildi. Har bir nur — Vatanga muhabbat, tinchlik va farovon kelajakka bo‘lgan ishonchimiz ramzi!
Kecha qorong‘usini yoritgan chiroqlar singari, Mustaqillik nuri ham qalblarimizni, orzu-umidlarimizni va kelajagimizni yoritib bormoqda.
Yurtimizning har bir go‘shasi nurafshon, har bir xonadoni obod, xalqimizning qalbi doimo shod bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yangi O‘zbekiston — nurli kelajak sari!