Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Korxona to‘g‘risida

Korxona to‘g‘risida

“TOShShAHARNUR” korxonasi 1949-yilda Toshkent shahrining ko‘cha yoritish elektr tarmoqlarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.

Toshkent shahar hokimiyatining 2004-yil 6-apreldagi 263-sonli qaroriga asosan “TOShShAHARNUR” ishlab chiqarish birlashmasi “TOShShAHARNUR” davlat unitar korxonasiga aylantirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 695-sonli «Toshkent shahrida ko’cha yoritish tizimidan samarali foydalanish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va Toshkent shahri hokimligining 2025-yil 13-noyabrdagi 834-14-0-Q/25-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 4-noyabrdagi 695-sonli qarorni amalga oshirish to’g’risida «TOShShAHARNUR» davlat unitar korxonasi Toshkent shahri hokimligi huzuridagi «TOShShAHARNUR» davlat muassasasiga aylantirildi.

«TOShShAHARNUR» DM ta’sischisi Toshkent shahri hokimligi hisoblanadi. Mulk davlat mulki bo’lib, operativ boshqaruv uchun «TOShShAHARNUR» DM o’tkazildi.

Asosiy vazifalari Toshkent shahrining tashqi elektr yoritish tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish, markaziy, asosiy va tuman ahamiyatidagi avtomobil yo’llari va ko’chalarini, turar-joy massivlari ichidagi va xususiy turar-joy sektoridagi ko’chalarni yoritishni ta’minlash, shahar va respublika ahamiyatidagi bayram tadbirlari paytida shahar inshootlarini yoritish, zamonaviy va energiya tejaydigan yoritish uskunalarini joriy etish orqali elektr tarmoqlarini, yoritish, me’moriy va dekorativ yoritishni rivojlantirish va modernizatsiya qilishdan iborat.

   Korxona harajatlarning IV guruhi bo‘yicha byudjetdan oluvchi hisoblanadi (ko‘cha yoritish tarmoqlarini saqlab turish uchun moliyalashtirish byudjetdan 100 foiz).

   Xodimlarning umumiy soni – 667 kishi.

 “TOShShAHARNUR” DM o‘z vazifalarini bajarish uchun quyidagilarga ega:

  • — 13 ta ma’muriy hududiy  tumanlarda joylashgan 12 ta tashqi yoritish tarmoqlari va hukumat trassasiga xizmat ko‘rsatuvchi markaziy hudud bo‘limi     
  • — 124 dona mashina va mexanizm, shu jumladan 46 dona avtogidroko‘targich mavjud bo‘lgan “Avtoxo‘jalik” xizmatiga;
  •   — illyuminatsiyali konstruktsihalarni, osilmalarini o‘rnatish va tasarruf etish, hamda ularga xizmat ko‘rsatish uchun “Maxsusnur” xizmatiga;
  •    — ko‘cha yoritish tarmoqlarini boshqaruvchi markaziy dispetcherlik punkti;
  •    — maxsus texnika bilan jihozlangan elektrotexnik laboratoriyasiga.    “TOShShAHARNUR” DM qoshida “AVTOTA’MIRNUR” sho‘ba korxonasi faoliyat yuritadi.

“TOShShAHARNUR» DM pasporti

  • Shtat: 667 kishi
  • Dispetcherlik xizmati: tel: (71) 232-20-20 (71) 230-20-20
  • Mavjud texnika soni:  124 dona
  • Yoritish moslamalari soni:  155 054 dona
  • Boshqarish qutilari soni:  1 800 dona
  • Tarmoqlar umumiy uzunligi:  4 295 km
  • Ustunlar soni: 59 117 dona
  • 2025-yilning uchun elektr energiya sarfi: 39 928 179 kVt/s
  • 2026-yilning 9 oyi uchun elektr energiya sarfi: 28 388 112 kVt/s
  • O‘rtacha kunlik elektr energiya sarfi: 105 141 kVt/s
  • Ko‘cha yoritish tarmoqlarining umumiy quvvati:  12 804 kVt