Telefon: (+998 71) 232 20 20
Bizning manzil
100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy
«Dolzarb 40 kun» tadbirlari doirasida «Toshshaharnur» DM tomonidan shahar hududlarida tashqi yoritish tizimlarini soz holatda saqlash, mavjud nosozliklarni bartaraf etish, tayanch ustunlar va kronshteynlarni ta’mirlash hamda bo’yash, havo elektr tarmoqlarini tartibga keltirish ishlari izchil davom etmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar shahar ko’chalarining obodligi, tungi yoritish sifati va aholi uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. «Dolzarb 40 kun» tadbirlari doirasida barcha belgilangan hududlarda ishlar reja asosida uzluksiz olib borilmoqda.