Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Yangiliklar

“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida amaliy ishlar davom etmoqda!

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida «TOSHSHAHARNUR» DM jamoasi poytaxtimiz ko‘chalarini yanada yorug‘, xavfsiz va obod etish yo‘lida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirmoqda. Har bir manzilda olib borilayotgan ishlar shahar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

🔹 Mirobod tumani, “Yuksalish” MFY hududida eskirgan beton tayanch ustunlarini demontaj qilish ishlari bajarildi.

🔹 Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab metall tayanchlarni bo‘yash ishlari amalga oshirilib, tashqi ko‘rinish yanada estetik holatga keltirilmoqda.

🔹 Mirobod tumani, “Chinor” MFY hududida havo elektr tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borildi. Bu elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

🔹 Shayxontohur tumani, “Gulobod” mahallasi hududida mavjud ko‘cha yoritish tizimlarini tasarruf etish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va uzluksiz ishlashini nazorat qilish ishlari amalga oshirildi.

🔹 Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi Temir ustunlarni bo‘yash ishlari olib borilmoqda.
🔹 Bektemir tumani, X. Bayqaro MFY, Beton ustunlarni bo‘yash va kabellarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Bektemir tumani, Majnuntol mahallasi, 1-tor ko‘cha – murojaatlarga asosan ko‘cha chiroqlarini ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
🔹 Shayxontohur tumani, Sarxumdon MFY kronshtyenlarni bo‘yash ishlari olib borilmoqda.
🔹 Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy MFY, Yakkasaroy 1-tor ko‘cha – murojaatlarga asosan ko‘cha chiroqlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 Sergeli tumani, Oltin vodiy mahallasi –Hududida uzilgan elektr simlari qayta ulanishi orqali ko‘cha yoritish tarmog‘ining uzluksiz ishlashi ta’minlandi.
🔹Yunusobod tumani, Yurtobod MFY – ko‘cha yoritish tarmoqlarida fasad mahkamlagichlarini (fasad kreplari) montaj qilish ishlari bajarildi.
🔹Bektemir tumani, X. Bayqaro MFY – beton tayanch ustunlarini bo‘yash ishlari amalga oshirilib, yoritish infratuzilmasining estetik ko‘rinishi va xizmat muddati yaxshilandi.
💡 «Dolzarb 40 kun» tadbirlari doirasida «TOSHSHAHARNUR» DM tomonidan poytaxtimiz ko‘chalarida yoritish tizimlarini soz holatda saqlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.