Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Yangiliklar

TOSHSHAHARNUR DM — shahrimiz xavfsizligi va yorug’ligi yo’lida!

«TOSHSHAHARNUR» DM jamoasi «Dolzarb 40 kun» tadbirlari doirasida Toshkent shahrining barcha tumanlarida tungi yoritish tizimlarini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni ta’mirlash va aholining murojaatlariga tezkor javob berish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
🔹 Yunusobod tumani – Ahmad Donish MFY, Amir Temur ko’chalarida ko’cha chiroqlarini tamirlash ishlari amalga oshirildi.
🔹 Olmazor tumani – G’ani Azamov, Chimboy va Orzu mahallalarida ko’cha chiroqlarini ta’mirlash, kronshteynlarni bo’yash hamda murojaatlar asosida ishlarni bajarish;
🔹 Mirobod tumani – Temiryo’lchilar MFYda metall ustunlarni bo’yash;
🔹 Mirzo Ulug’bek tumani – Sayram ko’chasi, Buyuk Ipak yo’li MFYda elektr tarmoqlarini tiklash;
🔹 Sergeli tumani – Sug’diyona mahallasida transformator punktlari va kronshteynlarni bo’yash ishlari;
🔹 Shayxontohur tumani – M. Uyg’ur MFYda kronshteynlarni bo’yash;
🔹 Yakkasaroy tumani – Yu. Rajabiy MFY, V. Vohidov ko’chasida ta’mirlash ishlari;
🔹 Uchtepa va Yangi Hayot tumanlarida, jumladan Binokor mahallasida tungi yoritish tizimlarini yaxshilash ishlari;
🔹 Shuningdek, Axangoron shossesi, Baynalminal MFY va Mironshoh ko’chasida kabel montaji hamda talabnomalar asosida zarur ishlar bajarildi.
💡 Bugungi kunda nafaqat nosoz yoritish moslamalarini ta’mirlash, balki tungi yoritish mavjud bo’lmagan hududlarga yangi elektr tarmoqlarini tortish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.
📩 Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar qisqa muddatlarda ko’rib chiqilib, sifatli va o’z vaqtida bartaraf etilmoqda.
🤝 «TOSHSHAHARNUR» DM jamoasi «Dolzarb 40 kun» tadbirlari davomida shahrimizda xavfsiz, yorug’ va obod muhitni yaratish, tungi vaqtda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiluvchi yoritish tizimlarini yanada takomillashtirish yo’lida fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.
Yorug’ Toshkent — xavfsiz Toshkent!