Telefon: (+998 71) 232 20 20
Bizning manzil
100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy
2025 yil 10-sentyabrdan 11-sentyabrgacha Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Elektromonterlarning kasbiy mahorat IV xalqaro konkursi bo‘lib o‘tdi.
Konkursda uch kishidan iborat 10 ta komanda ishtirok etdi. Ustalar Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Yekaterinburg, Barnaul, Saratov, Ulan-Ude, Perm, Toshkent, Minsk shaharlari vakillari edi.
“TOShShAHARNUR” korxonasi sharafini ishlab-chiqarish va texnika bo‘limi boshlig‘i Gudkov Nikolay Grigoryevich rahbarligida eng yaxshi xizmatchilar – Denushev Ilxom va Xaydarov Xasan himoya qildilar.
Musobaqa uch bosqichga bo‘lingan edi. Birinchi tur nazariy – me’yoriy-texnik hujjatlar to‘g‘risidagi bilimlarni tekshirish. Ikkinchi tur —kabel muftasini montaj qilish. Uchinchi tur – real obyektda ish olib borish — Yekaterinburg shahri ko‘chasida yoritish ustunlariga yoritgich va kontrollerlarni o‘rnatish.
Bizning komanda konkurs natijasiga ko‘ra umumiy hisobda 6-o‘rinni egalladi.
Bizning vakillarimiz: Gudkov Nikolay Grigoryevich, Denushev Ilxom, Xaydarov Xasan topshirilgan vazifalarni a’lo darajada bajardilar va “Yil kashfiyoti” nominasiyasida g‘olib bo‘lganlari uchun diplom bilan taqdirlandilar.