Telefon: (+998 71) 232 20 20
Bizning manzil
100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy
Toshkent shahri xalqaro aeroportining tutash hududi infratuzilmasini obodonlashtirish, shuningdek, shahrimiz aholisi va poytaxt mehmonlari uchun qulay dam olish va hordiq chiqarishni ta’minlash maqsadida xiyibonlar huhudini yoritishning energiya tejaydigan loyihasi ishlab chiqildi va joriy etila boshlandi.
Korxona balansida shahar aholisining dam olish joylarida – istirohat bog‘larda, maydonlarda va xiyobonlarda joylashgan dekorativ metall ustunlarga o’rnatilgan yoritgichlar mavjud. 2025-yil 1-yanvar holatiga ko’ra, korxona balansida bunday yoritish moslamalari 10 632 donani tashkil etadi. Toshkent shahrining alohida muhim ob’yektlarida xiyobonlar uchastkalarini yoritish uskunalariga xizmat ko’rsatish bilan korxonada «Xiyobonlar hududiga xizmat ko’rsatish uchastkasi» shug’ullanadi. Uchastkaga jami 5 559 ta LED yoritish moslamalari biriktirilgan, shaharning to’rtta ma’muriy tumanlari Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod bo‘yicha. Aholining to’liq, qulay va xavfsiz dam olishlari uchun dam olish joylarini yoritish shaharning zamonaviy me’moriy qiyofasini to’ldiradigan quyma elementlari bo’lgan metall ustunlarda o‘rnatilgan kam quvvatli, energiya tejaydigan, LED yoritgichlar bilan amalga oshirilgan.