Telefon: (+998 71) 232 20 20
Bizning manzil
100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy
“TOShShAHARNUR” korxonasi 1949-yilda Toshkent shahrining ko‘cha yoritish elektr tarmoqlarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.
Toshkent shahar hokimiyatining 2004-yil 6-apreldagi 263-sonli qaroriga asosan “TOShShAHARNUR” ishlab chiqarish birlashmasi “TOShShAHARNUR” davlat unitar korxonasiga aylantirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 695-sonli «Toshkent shahrida ko’cha yoritish tizimidan samarali foydalanish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va Toshkent shahri hokimligining 2025-yil 13-noyabrdagi 834-14-0-Q/25-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 4-noyabrdagi 695-sonli qarorni amalga oshirish to’g’risida «TOShShAHARNUR» davlat unitar korxonasi Toshkent shahri hokimligi huzuridagi «TOShShAHARNUR» davlat muassasasiga aylantirildi.
«TOShShAHARNUR» DM ta’sischisi Toshkent shahri hokimligi hisoblanadi. Mulk davlat mulki bo’lib, operativ boshqaruv uchun «TOShShAHARNUR» DM o’tkazildi.
Asosiy vazifalari Toshkent shahrining tashqi elektr yoritish tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish, markaziy, asosiy va tuman ahamiyatidagi avtomobil yo’llari va ko’chalarini, turar-joy massivlari ichidagi va xususiy turar-joy sektoridagi ko’chalarni yoritishni ta’minlash, shahar va respublika ahamiyatidagi bayram tadbirlari paytida shahar inshootlarini yoritish, zamonaviy va energiya tejaydigan yoritish uskunalarini joriy etish orqali elektr tarmoqlarini, yoritish, me’moriy va dekorativ yoritishni rivojlantirish va modernizatsiya qilishdan iborat.
Korxona harajatlarning IV guruhi bo‘yicha byudjetdan oluvchi hisoblanadi (ko‘cha yoritish tarmoqlarini saqlab turish uchun moliyalashtirish byudjetdan 100 foiz).
Xodimlarning umumiy soni – 676 kishi.
“TOShShAHARNUR” DM o‘z vazifalarini bajarish uchun quyidagilarga ega:
“TOShShAHARNUR» DM pasporti