Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Murojaatlar natijasi

Murojaatlar natijasi

Talabnoma haqami: №64 Sana: 2026-09-02 11:35:44
F.I.O Yoldashev Ahrorbek Nematjon o'gli
Savol: Assalamu aleykum . Toshkent shahar Nurga yozma ravishta murojat MUROJAAT Hurmatli Toshkent shahar Nur rahbariyati! Biz, Sevgili tumani Jonib mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar, mahallamiz hududidagi ko‘p qavatli uylarning orqa tomonida olib borilayotgan To‘qron qurilishi va uning atrofidagi hudud bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilmoqdamiz. Biz, Sergeli tumani Jonariq ko‘chasidagi 1-, 2-, 3-, 4- va 5-uylar aholisi, ko‘chamizda tungi vaqtda yoritish chiroqlari yetarli emasligi sababli ushbu murojaat bilan chiqmoqdamiz. Hozirgi vaqtda ko‘chamiz qop-qorong‘i bo‘lib, bu holat aholi, ayniqsa, bolalar, keksalar va kechki vaqtda uyiga qaytadigan fuqarolar uchun noqulaylik va xavf tug‘dirmoqda. Ko‘chada tungi vaqtda piyodalar harakati qiyinlashib, yo‘l-transport hodisalari va boshqa noxush holatlar yuzaga kelish ehtimoli ortmoqda. Shu munosabat bilan, ko‘chamiz holatini mas’ul mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganib, mavjud elektr ustunlari va yoritish moslamalarini tekshirishingizni hamda ko‘chaga zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz. Aholining murojaati e’tiborsiz qoldirilmasdan, masalaga qonuniy tartibda yechim topilishiga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz. Murojaatimizni ko‘rib chiqib, ko‘rilgan choralar va natijasi haqida yozma ravishda ma’lumot berishingizni so‘raymiz.
Javob:

Hurmatli, Yoldashev Ahrorbek Nematjon o'gli, sizning so'rovingizga javoban, "Toshshaharnur" davlat muassasasi bizning kompaniyamiz buyurtmasi bo'yicha ko'cha yoritish uskunalarini ishlatayotganini ma'lum qilamiz. Hozirda "Toshshaharnur" davlat muassasasi, Jonib mahallasi, Jonariq ko‘chasidagi, Sergeli tumani ko'cha yoritish uskunalari ishga tushirilmagan. Qurilish-montaj ishlarining yakunlanishi va ishga tushirish muddatlarini aniqlashtirish uchun mijoz - SEZ investitsiya kompaniyasi bilan bog'laning.

Talabnoma haqami: №57 Yangilangan Sana: 2026-08-06 09:59:10
F.I.O Rustam
Savol: 1) Юкорида курсатилган манзилдаги 30а-уйнинг 4-подездидаги ёритиш чироги алмаштириш зарурати мавжуд. 2) Ёритиш чирогини алмаштириш билан масала хал булмайди. Сабаби, кузатишларимга кура, столбада ёки электр узатиш симлартда носозлик мавжуд. Айнан шу столбадаги ёритиш чироги 1 ой муддат утмасдан куйиб колади. Илтимос, ушбу муаммони хал килишда амалий ёрдам беришингизни сураймиз.
Javob:

Hurmatli, Rustam, Sizning murojaatingiz bajarildi.

Talabnoma haqami: №54 Yangilangan Sana: 2026-07-30 08:36:43
F.I.O Salimov Mirzobek Olim o`g`li
Savol: Assalomu aleykum! Labzak ko`chasi, 32-uy hovli tarafidagi tungi chiroqlar kuyib qolgan, Shuni almashtirib berishingizni so`rayman.
Javob:

Hurmatli, Salimov Mirzobek Olim o`g`li, Sizning murojaatingiz bajarildi.

Talabnoma haqami: №53 Yangilangan Sana: 2026-07-30 08:37:55
F.I.O Атаубаев Анвар Куанышбаевич
Savol: Assalomu aleykum Toshkent shahar mirobod tumani oq uy mahallasi oq bilol kochasi 2b uy qarshisida chiroq kuygan 1 oycha bo’ldi iltimoa amaliy yordam berishingizni so’rayman
Javob:

Hurmatli, Anvar Kuanishbaevich, Sizning murojaatingiz bajarildi.

Talabnoma haqami: №52 Sana: 2026-07-22 08:48:32
F.I.O Алла Ни
Savol: Компания HPWINNER является производителем и поставщиком светодиодных светильников и интеллектуальных систем управления наружным освещением. Мы специализируемся на поставках энергоэффективных LED-решений для городского освещения, дорог, промышленных объектов
Javob:

Спасибо за информацию

Talabnoma haqami: №50 Sana: 2026-07-15 08:38:09
F.I.O asatullayev behzod sherzod ogli
Savol: savolim shundaki domlarni oldidagi toshshahar nurga tegishli stalbalardan ijara shartnomasi qilib pulini tolab foydalansa boladimi ? va bolsa agar tartibi qanday boladi
Javob:

Hurmatli, Asatullayev behzod sherzod ogli, Siz quyidagi raqamga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: +998 71 250 57 57 (qabulxona), sizni Shartnoma bo'limi bilan bog'lash.