Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Yangiliklar

“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar

“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida Toshshaharnur DM tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

Sergeli tumani, Uchuvchilar MFY, TP-187 — svetilnik va kronshteynlarni montaj qilish ishlari amalga oshirildi.

Mirobod tumani, Heydar Aliyev bog‘i — plafonlarni almashtirish ishlari bajarilmoqda.

Bektemir tumani, Iyk Ota MFY — kabellarni tartibga keltirish va beton ustunlarni bo‘yash ishlari olib borildi.

Olmazor tumani, Tabassum MFY, TP-1035, Qoraqamish 2/4 dahasi — demontaj va tayanch ustunlarni montaj qilish ishlari bajarildi.

Shayxontohur tumani, Yangiobod MFY — boshqaruv qutisini bo‘yash ishlari amalga oshirildi.

Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi — ko‘cha yoritish tizimini tasarruf etish hamda metall ustunlarni bo‘yash ishlari bajarildi.

Olmazor tumani, Chilto‘g‘on MFY — Hududidagi TP-81 bo‘yicha ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mirobod tumani, Afrosiyob MFY — yoritgichlarni ta’mirlash hamda boshqaruv qutisini tasarruf etish ishlari bajarildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi — TP-3414 hududidagi nosoz yoritgichlar ta’mirlandi va almashtirildi.

Uchtepa tumani, Guzar MFY — yoritgichlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shayxontohur tumani, Suzuk ota MFY — yoritgichlarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Yangihayot tumani, Binokor MFY — yoritish ustunlaridagi kronshteynlarni bo‘yash ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar poytaxt hududlarida tungi yoritish tizimini yaxshilash, mavjud infratuzilmani texnik jihatdan soz holatga keltirish va aholi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.