Telefon: (+998 71) 232 20 20
Bizning manzil
100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy
“Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida “Toshshaharnur” DM tomonidan Toshkent shahrining turli hududlarida tashqi yoritish tizimlarini yaxshilash, mavjud infratuzilmalarni tartibga keltirish hamda ko‘chalarda xavfsiz va sifatli yoritishni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar 24/7 rejimida olib borilmoqda.
🔹 Yunusobod tumani — Amir Temur ko‘chasi va Shahidlar maydonida tashqi yoritish tizimlarini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Chilonzor tumani — Nafosat MFY hududida kronshteynlarni bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Bektemir tumani — Mirishkor MFY hududida kabellarni tartibga keltirish va beton ustunlarni bo‘yash ishlari olib borilmoqda.
🔹 Yashnobod tumani — Bunyodkor MFY, Muynoq-2 tor ko‘chasida kronshteynlarni bo‘yash hamda ustunlarni ortiqcha reklama qog‘ozlaridan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Uchtepa tumani — 30-mavze, Al-Sug‘uniy ko‘chasidagi kabellarnii tartibga keltirish va tasarruf etish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Mirobod tumani — Quylik Ota MFY hududida ustunlarni turli e’lon va reklama materiallaridan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Yunusobod tumani, Billur Posira MFY – mavjud boshqaruv qutilarini tasarruf etish va texnik holatini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
🔹 Mirzo Ulug‘bek tumani, Kamolot MFY – mavjud yoritish ustunlarini kiraska qilish, tashqi ko‘rinishini yaxshilash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
🔹 Yakkasaroy tumani, Gavhar ko‘chasi – mavjud yoritish moslamalari zamonaviy svetilniklarga almashtirilib, ko‘cha yoritish sifati yaxshilandi.
🔹 Mirzo Ulug‘bek tumani, TP-3131 hududi – elektr uzatish simlarini qayta montaj qilish, tartibga keltirish hamda yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
🔹 Mustaqillik ko‘chasi – tashqi yoritish tizimlarining texnik holatini yaxshilash va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirildi.
TOSHSHAHARNUR DM tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar poytaxtimiz ko‘chalarining tungi yoritilish sifatini yaxshilash, mavjud yoritish infratuzilmasini tartibga keltirish, hududlar obodonchiligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun yanada yorug‘, xavfsiz va qulay shahar muhitini yaratish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.





