Bizning manzil

100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy

Energosamarador texnologiyalar

Energosamarador texnologiyalar

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013.28.11.dagi PQ-2078-2017.21.11.dagi PQ-3399-sonli sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016.08.09.dagi 290-sonli qaroriga asosan korxona tomonidan Islom taraqqiyot bankining 36,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini jalb etgan holda «Toshkent shahri ko’cha yoritish tizimlarida yuqori energiya  tejamkor texnologiyalarini tadbiq etish” innovasion loyihasi” amalga oshirildi.

    Ushbu loyiha doirasida DRL, DNAT va boshqa lampali bilan energiya ko‘p talab qiladigan yoritgichlar o’rniga 116083 dona energiya tejaydigan, LED yoritish moslamalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega 1546 boshqaruv qutilari sotib olindi. Mavjud uskunalarni demontaj qilish va o’rnatish korxona xodimlari tomonidan amalga oshirildi.  

Loyihani amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishildi:

  • yoritish tizimlarida energiya tejalishi loyihadan oldingi davrga nisbatan yiliga 40,0 mln. kVt/soatni tashkil etadi
  • shahar ko‘chalaridagi yoritish darajasini oshirildi va yo‘llarning o‘tkazish qobiliyatini ham oshdi
  • ko‘rish darajasi komforti yaratiladi va kechki hamda tungi vaqtda aholi to’siqlarsiz turgan joyini aniqlashi mumkin bo‘ladi;
  • – Markaziy dispetcherlik punkti orqali ko‘cha yoritish tarmoqlarini tezkor boshqarish va nazorat qilish moslashuvchan tizimini amalga oshirish;
  • – tungi vaqtda elektrenergiyasi iste’mol qilishni cheklash rejali tartibini yaratish (dimerlash) – EHNAT (ASKUE) ga ulanish bilan elektr energiyasini avtomatik hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etildi

Amalda, asbob-uskunalar sotib olishga da’vogarni tanlash bo‘yicha xalqaro tanlov savdolari natijalariga ko‘ra 24,9 million dollar jalb qilindi va o‘zlashtirildi, bu qo‘shimcha ravishda 18 mingdan ortiq nurdiodli yoritish moslamalari va 52 ta tashqi yoritishni boshqarish qutilarini sotib olishga imkon berdi. Ushbu uskunalar ko‘cha yoritish tizimlari bo‘lmagan turar-joy ob’ektlarga, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ob’ektlariga, shuningdek yoritish moslamalari sonining ko‘payishi bilan ko‘cha rekonstruktsiyasi amalga oshirilgan ob’ektlarga o‘rnatildi.