Telefon: (+998 71) 232 20 20
Bizning manzil
100044 Toshkent sh., Qumariq koʻchasi, 3-uy
“Toshshaharnur” korxonasi 1949-yilda Toshkent shahrining ko‘cha yoritish elektr tarmoqlarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.
Toshkent shahar hokimiyatining 2004-yil 6-apreldagi 263-sonli qaroriga asosan “Toshshaharnur” ishlab chiqarish birlashmasi “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasiga aylantirildi.
Korxonaning muassisi — Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hisoblanadi. Mulk davlat mulki hisoblanadi va “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasiga tezkor boshqaruv uchun berilgan.
Asosiy vazifalari – Toshkent shahrining avtomobil yo‘llari, markaziy, magistral va tuman ahamiyatidagi, uy-joy mavzelari va xususiy sektordagi ko‘chalarning yoritilishini ta’minlash, ko‘chalarni turli ob’ektlarni, tarixiy yodgorliklar va me’moriy inshootlarni illyuminatsiya chiroqlari bilan bezatish.
Korxona harajatlarning IV guruhi bo‘yicha byudjetdan oluvchi hisoblanadi (ko‘cha yoritish tarmoqlarini saqlab turish uchun moliyalashtirish byudjetdan 100 foiz).
Xodimlarning umumiy soni – 760 kishi, shu jumladan, ma’muriy boshqaruv xodimlari- 65 birlik, tumanlar elektr yoritish tarmoqlaridagi tarmoq xodimlari va ishchilar 496 kishi, xaydovchilar – 199 kishi.
“Toshshaharnur” DUK o‘z vazifalarini bajarish uchun quyidagilarga ega:
“Toshshaharnur» DUK pasporty